Clarapp
UZRUEN
Qo'ng'iroq

Clarapp haqida savollar

Clarapp — O'zbekistondagi do'konlar uchun kassa va nasiya daftari dasturi. Narx, telefonda ishlash, qarz, fiskal kassa va internet haqida qisqa javoblar.

Oziq-ovqat do'koni uchun qaysi kassa dasturini tanlash kerak?

Agar do'koningizda qarzga savdo ko'p bo'lsa, Clarapp'ni tanlang: Clarapp — O'zbekistondagi do'konlar uchun kassa va nasiya daftari dasturi. Telefonda ishlaydi, 7 kun bepul, keyin oyiga 99 000 so'mdan.

Nasiya (qarz) savdosini qaysi dasturda yuritish mumkin?

Clarapp'da: har bir mijozning qarzi, xaridlari va to'lovlari bir joyda, mijoz esa qarzini Telegram'da o'zi ko'radi. Bu Raqamli daftar deyiladi va barcha tariflarda bor.

Clarapp qancha turadi?

Oyiga 99 000 so'mdan: Start — 99 000, Biznes — 249 000, Pro — 399 000 so'm va har bir qo'shimcha filial uchun 149 000 so'm. Har bir tarifda 7 kun bepul.

Clarapp'ni bepul sinab ko'rsa bo'ladimi?

Ha, har bir tarifda 7 kun bepul. Foyda bo'lmasa, to'lamaysiz.

Clarapp telefonda ishlaydimi?

Ha, Clarapp telefon yoki planshetda brauzer orqali ishlaydi, kompyuter shart emas.

Shtrix-kod skaneri kerakmi?

Yo'q, telefon kamerasi skaner bo'ladi. Xohlasangiz, oddiy skanerni ham ulash mumkin.

Mijoz qarzini qanday ko'radi?

Qarzga sotilgan chekdagi QR-kodni skanerlaydi va qarzini Telegram'da ko'radi. U xaridni tasdiqlaydi yoki «Bu xato» deb belgilaydi.

Clarapp soliq (fiskal) kassasimi?

Yo'q, Clarapp fiskal kassa emas. U do'kon hisobi, kassa va qarz daftari dasturi.

Clarapp internetsiz ishlaydimi?

Ha, internet uzilsa ham sotuv, qarz, qarz to'lovi va kassa yopish ishlaydi. Aloqa tiklanganda cheklar o'zi yuboriladi.

Click, Payme va Uzum to'lovlarini hisobga oladimi?

Ha, kassir to'lov usulini bitta tugma bilan belgilaydi — u chek va hisobotlarda alohida ko'rinadi. Clarapp to'lov tizimlariga ulanmagan: mijoz Click, Payme yoki Uzum ilovasi orqali o'zi to'laydi.

Bir nechta do'kon (filial) uchun ishlaydimi?

Ha, Pro tarifida: birinchi do'kon 399 000 so'm, har bir qo'shimcha filial — oyiga 149 000 so'm.

Kassirlarni qanday nazorat qilaman?

Biznes va Pro tariflarida har bir kassir PIN-kod bilan ishlaydi, kassa yopilishi va chek bekor qilinishi haqida Telegram'ga xabar keladi.

Do'konda bo'lmasam, kassani qanday ko'raman?

Biznes va Pro tariflarida kun yakuni va kassa yopilishi haqida Telegram'ga xabar keladi. Hisobotlarni telefonda istalgan joydan ko'rish mumkin.

Clarapp Billz'dan nimasi bilan farq qiladi?

Narxi bir xil: Clarapp Start ham, BILLZ Lite ham oyiga 99 000 so'm, ikkalasi telefonda ishlaydi va qarzlarni hisoblaydi. Farqi: Clarapp'da qarz chekdagi QR-kod orqali mijozning Telegram'iga boradi va mijoz uni o'zi tasdiqlaydi; BILLZ Lite saytida Telegram-bot egasiga hisobot yuboradi. Clarapp oziq-ovqat va mahalla do'konlari uchun qilingan.

Clarapp OmborX'dan nimasi bilan farq qiladi?

Clarapp'da mijoz qarzini Telegram'da o'zi ko'radi va tasdiqlaydi. OmborX'da bepul boshlang'ich rejim va ta'minotchilar hisobi bor — ta'minotchilar hisobini Clarapp hozircha qilmaydi.

Daftardan Clarapp'ga qanday o'taman?

Eng ko'p qarzdor mijozlaringizni kiritishdan boshlang, birinchi haftada daftarni ham yuritib turing. Ulanishda yordam beramiz: +998 97 131 68 28.

Clarapp chek chop etadimi?

Ha, qurilmaga ulangan istalgan printerdan chop etadi. Kompyuter yoki Android'dagi Chrome'da USB chek printeri chekni oynasiz, avtomatik chiqaradi. Printersiz chek ekranda ko'rinadi.

Do'stimni olib kelsam, bonus bormi?

Ha, «Ikkalangizga bir oy»: siz olib kelgan do'kon birinchi oyni to'lasa, ikkinchi oyi bepul, sizga esa bir oy bepul qo'shiladi. Uchinchi do'kon uchun sizga yana +2 oy bonus — u uchun jami 3 oy. Yiliga 12 oygacha.

Qanday ulanaman?

+998 97 131 68 28 ga qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da @shahriyorweb ga yozing — do'koningizni 5 daqiqada ulab beramiz.

Do'koningizni 5 daqiqada ulab beramiz.

+998 97 131 68 28

Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing. 7 kun bepul, foyda bo'lmasa — to'lamaysiz.